“Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi tomonidan xavfli ishlab chiqarish obyektlarida, xususan, yuk ko'tarish mexanizmlari bilan ishlovchi texnik xodimlarning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga qaratilgan tizimli ishlar faol davom ettirilmoqda.
Shu yilning 13–15-aprel kunlari "O‘zsuvta’minot" AJ tizimidagi xodimlar uchun "Stropolchilarni tayyorlash" mavzusida maxsus o‘quv kursi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu o‘quv kursi yuklarni xavfsiz ko'tarish va tashish, qurilish-montaj ishlarida baxtsiz hodisalarning oldini olish hamda sanoat xavfsizligi qoidalariga qat’iy rioya etishni ta’minlash maqsadida tashkil etildi.
O‘quv jarayonida korxonaning qurilish va ta'mirlash jarayonlariga mas’ul bo‘lgan xodimlari ishtirok etib, o‘zlarining nazariy va amaliy bilimlarini yanada mustahkamladilar. Bu kabi tadbirlar "O‘zsuvta’minot" AJ obyektlarida olib borilayotgan ishlarning barqarorligini ta’minlash va ishchi-xodimlarning xavfsizlik madaniyatini yuksaltirishga xizmat qiladi.
🏢 “Kontexnazorato‘quv” DM Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi tasarrufidagi tashkilot sifatida, sohadagi barcha korxona va tashkilotlarni o'zaro manfaatli hamkorlikka chorlaydi.
Murojaat uchun telefonlar: 📞 +998 (97) 087-12-69 📞 +998 (90) 003-12-14
