• 2026-09-23 12:00
  • 3.9K View


Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 22-sentabrdagi 505-son qarori bilan mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish hamda xodimga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash bo‘yicha yangi tartiblar belgilandi.

Mazkur qaror asosida quyidagi muhim hujjatlar tasdiqlandi:

🔹 “Mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish tartibi to‘g‘risida”gi nizom;

🔹 “Xodimning mehnatda mayib bo‘lishi va (yoki) kasb kasalligi tufayli hayotiga yoki sog‘lig‘iga yetkazilgan zararning o‘rnini qoplash qoidalari”.

Yangi tartiblar mehnat jarayonida yuz bergan baxtsiz hodisalarni o‘z vaqtida aniqlash, ular haqida xabar berish, xolisona tekshirish va yagona tartibda hisobga olish tizimini takomillashtirishga qaratilgan.

Asosiy yangilik — jarayonlar raqamlashtiriladi

2026-yil 1-dekabrdan boshlab mehnat faoliyati bilan bog‘liq baxtsiz hodisalar to‘g‘risida xabar berish, ularni tekshirish va hisobga olish ishlari sun’iy intellektga asoslangan “Xavfsiz mehnat” elektron axborot tizimi orqali amalga oshiriladi.

Mazkur tizim orqali:

✅ baxtsiz hodisalar haqida xabar berish jarayoni elektron shaklga o‘tkaziladi;

✅ tekshirish va hisobga olish jarayonlari yagona tizim asosida yuritiladi;

✅ ma’lumotlar yagona elektron bazada shakllantiriladi;

✅ baxtsiz hodisalar bo‘yicha tahlil va nazorat imkoniyatlari kengaytiriladi.

Shuningdek, qarorga muvofiq Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi “Xavfsiz mehnat” elektron axborot tizimining operatori etib belgilandi.

Yangi tartiblar mehnat jarayonida xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, baxtsiz hodisalarni tezkor qayd etish hamda ularning oqibatlarini bartaraf etish mexanizmlarini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

📌 Qarorning to‘liq matni bilan tanishish uchun: