“Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimi bo‘yicha navbatdagi xalqaro nazorat auditidan muvaffaqiyatli o‘tib, ISO 37001:2016 standartidan uning yangilangan ISO 37001:2025 versiyasiga o‘tishni amalga oshirdi.
🔹 Muassasa ilgari ISO 37001:2016 xalqaro standarti bo‘yicha sertifikatga ega bo‘lgan. QACS International sertifikatlashtirish tashkiloti tomonidan o‘tkazilgan navbatdagi audit davomida boshqaruv tizimining belgilangan talablarga muvofiqligi qayta baholanib, amaldagi sertifikat xalqaro standartning eng so‘nggi — ISO 37001:2025 tahririga muvofiq yangilandi.
Mazkur natija muassasada korrupsiyaning oldini olish, faoliyat shaffofligini ta’minlash, halollik tamoyillarini mustahkamlash hamda boshqaruv jarayonlarini xalqaro talablar asosida takomillashtirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlarning muhim ko‘rsatkichidir.
📌 “Kontexnazorato‘quv” DM bundan buyon ham korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimining samaradorligini oshirish, xalqaro standartlarga muvofiqlikni ta’minlash va faoliyatida ochiqlik hamda mas’uliyat tamoyillarini izchil tatbiq etishga alohida e’tibor qaratadi.
