• 2025-12-08 12:00
  • 3.9K View


“Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi jamoasi Siz azizlarni milliy davlatchiligimiz, suverenitetimiz va xalqimiz farovonligining mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi bilan samimiy muborakbod etadi.

Bosh qomusimiz yurtimizda huquqiy demokratik davlat va kuchli fuqarolik jamiyatini barpo etish, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashda beqiyos ahamiyatga egadir.

Ushbu qutlug‘ bayramda barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayz-u baraka va kasbiy faoliyatingizda yangi yutuqlar tilaymiz.

Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan, “Kontexnazorato‘quv” davlat muassasasi jamoasi