Mazkur o‘quv kursi radioaktiv moddalar va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlashga yo‘naltirilgan.
Huquqiy asos: Vazirlar Mahkamasining 21.01.2025 yildagi 26-son qarori bilan tasdiqlangan “Xavfli ishlab chiqarish obyektlaridan foydalanuvchi tashkilotlarning rahbar va muhandis-texnik xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish hamda attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan 15.11.2023 yilda taqdim etilgan 162495-sonli tasdiqnoma.
Kurs yakuni bo‘yicha imtihon sinovlaridan muvafaqqiyatli o‘tgan tinglovchilarga belgilangan namunadagi "Guvohnoma" taqdim qilinadi.
| Radioaktiv moddalar va ionlashtiruvchi nurlanish manbalari bilan ishlaydigan mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash | 72 soat |

